Ikkilamchi bozorda aksiyalar sotilgandan keyin kompaniyaning bahosi $125 mlrd.dan oshdi, deya yozmoqda Reuters.
Aksiyalarning har biri $72 dan sotilgan. 16-may kuni New York Post gazetasi Ilon Mask Twitterʼni sotib olishni moliyalashtirish uchun SpaceXʼning bir qancha aksiyalarini sotishi haqida xabar bergan edi. U aksiyalarni $70 dan sotishni rejalashtirgan, bu 2021-yil oktyabr oyidagi $56 narxidan 25% ga koʻp.
Keyinchalik investorlar SpaceXni $100 mlrd.ga baholadilar, deya xabar beradi CNBC.
Avvalroq Spot “Oʻzbekkosmos” Starlinkʼning raqobatchisi bilan memorandum imzolaganligi haqida yozgan edi.