Moliya vazirligi tomonidan jamoat muhokamasi uchun eʼlon qilingan qonun loyihasiga koʻra, Bojxona va Soliq kodekslariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Unga koʻra, talabalarning oliy taʼlim muassasalari hududida tashkil etgan pullik sport toʻgaraklari, oʻquv kurslari va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlarini soliqdan ozod qilish taklif etilmoqda.
Shuningdek, yana boshqa bir taklifga koʻra 2022-yilning 1-mayidan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllanilmaydi.
Avvalroq Spot “Wikipedia” portalining oʻzbek tili segmentini toʻldirish boʻyicha talaba-yoshlar oʻrtasida tanlov oʻtkazilishi haqida yozgan edi.