Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida 382,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,7% ga oshgan.
2022-yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi quyidagichani tashkil etadi:
- yanvarda — 97,8 ming tonna
- fevralda — 98,2 ming tonna
- martda — 92,6 ming tonna
- aprelda — 93,7 ming tonna
Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avtomobil bozoridagi savdo oʻzgarishlari haqida tahlil oʻtkazgan edi.
Unga koʻra, 2022-yil aprel oyida 129,1 ming dona avtotransport vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va bu oʻtgan yilning aprel oyiga (63,3 ming) nisbatan 104% ga koʻproq. Shu bilan birga, joriy yilning mart oyiga nisbatan 15,1% ga sotuvlar hajmi koʻpaygan.