Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

  • avtomobil benzini — 382,3 ming tonna;
  • koʻmir — 1,6 mln tonna;
  • neft — 248 ming tonna;
  • gaz kondensati — 459 ming tonna;
  • yengil avtomobil — 95 023 dona;
  • avtobus — 247 dona;
  • yuk avtomobillari — 1188 dona;
  • avtomobil dvigatellari — 71,1 ming dona.

Qayd etilishicha, aprel oyida eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni quyidagicha:

  • “Cobalt” — 9 498 dona;
  • “Lacetti-Gentra” — 6 866 dona;
  • “Damas” — 6 205 dona;
  • “Spark” — 1 526 dona;
  • “Nexia T-250” — 623 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar — 1 320 dona.

Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avtomobil bozoridagi savdo oʻzgarishlari haqida tahlil oʻtkazgan edi.

Unga koʻra, 2022-yil aprel oyida 129,1 ming dona avtotransport vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va bu oʻtgan yilning aprel oyiga (63,3 ming) nisbatan 104% ga koʻproq. Shu bilan birga, joriy yilning mart oyiga nisbatan 15,1% ga sotuvlar hajmi koʻpaygan.