Qarshi xalqaro aeroportida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ishning birinchi bosqichida tashrif buyuruvchilar uchun moʻljallangan zalni kengaytirish rejalashtirilgan. Buning evaziga aerovokzalning yoʻlovchilar oʻtkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 yoʻlovchidan 400 nafar yoʻlovchiga oshirish rejalashtirilgan.
Terminalning joʻnab ketuvchi yoʻlovchilar uchun foydalanishi rejalashtirilgan ikkinchi qavati ham taʼmirlanmoqda. Yoʻlovchilarni roʻyxatga olish punktlari soni 3 tadan 10 tagacha oshiriladi.
Bundan tashqari, sayohatchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator qurilmalar, jumladan, yangi bagaj taqsimlovchi lentalar, bagaj va qoʻl yuki uchun elektron tarozilar oʻrnatiladi.
Mart oyida Samarqand aeroportining xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan yangi terminali foydalanishga topshirildi. Bungacha 2021-yil dekabr oyida rekonstruksiyadan soʻng aerovokzal majmuasi boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi foydalanishga topshirildi.
2026-yilgacha Toshkent aeroportini modernizatsiya qilish, Buxoro va Urganch havo bandargohlarida yangi terminallar qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, Fargʻona vodiysida yangi aeroport qurish rejalashtirilgan. DXSh kelishuvlari doirasida buning uchun $3,9 mlrd jalb etiladi.
Avvalroq Spot Samarqand aeroporti operatori Air Marakanda xizmatlar narxini xorijiy valyutaga bogʻlash huquqini olgani haqida yozgan edi.