Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati $71,2 mln.ga teng boʻlgan 976 645 dona mobil telefon import qilingan.

Qayd etilishicha, telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda:

  • Xitoy — 741 546 dona
  • Vyetnam — 121 376 dona;
  • Hindiston — 62 612 dona;
  • BAA — 46 137 dona;
  • Qozogʻiston — 3 663 dona;
  • Koreya — 1 286 dona.

Oylar kesimida telefon importi quyidagicha:

  • yanvar — 129 766 dona;
  • fevral — 284 461 dona;
  • mart — 286 056 dona;
  • aprel — 276 362 dona.