Yandex Go xizmati Qoʻqonda ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmat Spotga maʼlum qildi.
“Biz Oʻzbekistonda Yandex Go xizmatini faol rivojlantirmoqdamiz va har bir shaharda safarlarni yanada qulay qilishga intilamiz. Qoʻqon shahrida ham xizmat ishga tushirilishi biz uchun ahamiyatli — endi servis Fargʻona vodiysining barcha yirik shaharlarida mavjud. Viloyat aholisi endi koʻchada taksi xizmatiga qoʻngʻiroq qilishlari yoki mashina ushlashlari shart emas. Mashinaga buyurtma berilgandan soʻng, dasturda avtomobil rusumi va haydovchining kelish vaqti kabi barcha kerakli maʼlumotlar koʻrsatiladi. Bizda ilovada tez bogʻlanish mumkin boʻlgan qoʻllab-quvvatlash xizmati ham mavjud”, — deydi Yandex Go-ning Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirish boʻyicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.
Qoʻqonda safarning aniq narxi mashinaga buyurtma berish paytidayoq koʻrinadi — ilovada boradigan manzilingizni aniq kiritsangiz bas. Haydovchi yoʻnalishni yoʻl taʼmiri tufayli oʻzgartirishiga toʻgʻri kelsa ham narx oʻzgarishsiz qoladi. Safar uchun toʻlov naqd koʻrinishda amalga oshiriladi.
Yandex Go oʻz texnologiyalari — xaritalar, marshrutizatsiya, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlash aqlli tizimidan foydalanadi.
Maʼlumot uchun, Yandex Go Oʻzbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Buxorodan tashqari xizmat oltita shaharda — Toshkent, Fargʻona, Margʻilon, Namangan, Samarqand va Andijon va Buxoroda ishlaydi. Yandex Go oʻz haydovchilari va mashinalariga ega emas. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ilova iOS va Android uchun oʻzbek, rus va boshqa koʻplab tillarda mavjud.