Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi binoni sotuvga qoʻydi.
Gap Hamid Olimjon maydonidagi 13-turar-joy binosi yonidagi ikki qavatli binoning bir qismi haqida ketmoqda (avvalgi “Doʻstlik” nomi bilan atalgan ansambl qismi). Hozir bu binolarda doʻkonlar va idoralar joylashgan.
Taklif etilayotgan binolarning umumiy maydoni 1630 kv.m. Elektr va suv bor, lekin gaz yoʻq.
Lot prezidentning 18-martda eʼlon qilingan Xususiylashtirishni jadallashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq sotuvga qoʻyilgan.
Lotning boshlangʻich bahosi — 24,53 mlrd soʻm. Auktsion 27-iyun kuni soat 10:00da boshlanadi, arizalar shu sanada soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Avvalroq Spot Oloy bozori hududidagi “Toshkentgeologiya” binosi sotuvga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.