Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Qozogʻistondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi boʻyicha bugʻdoy yetakchilik qilmoqda.
Ushbu koʻrsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha koʻrinish oldi:
- Bugʻdoy — 1,1 mln tonna
- Bugʻdoy uni — 122,8 ming tonna
- Oʻsimlik yogʻi — 24,3 ming tonna
- Margarin mahsulotlari — 16,3 ming tonna
- qoramol goʻshti — 4 ming tonna;
- arpa — 38,2 ming tonna;
- makkajoʻxori — 23 ming tonna;
- kartoshka — 22,4 ming tonna;
- qandolat mahsulotlari — 720 tonna.
Bundan oldin Oʻzbekiston un importi hajmini oshirgani xabar berilgandi.