Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 48 ta xorijiy davlatlardan qiymati $1,1 mln.ga teng boʻlgan 153,3 tonna qahva import qilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 49 tonnaga koʻp.
Mamlakatimizga eng koʻp qahva Italiyadan kirib kelgan (avvalgi yillarda yetakchi Rossiya hisoblangan):
- Italiya — 41,7 tonna
- Braziliya — 39,3 tonna
- Rossiya — 22,2 tonna
- Vyetnam — 22 tonna
- Turkiya — 6 tonna
- Belorus — 4,7 tonna
- Germaniya — 2,8 tonna
- Kolumbiya — 2,5 tonna
- Portugaliya — 2,1 tonna
Avvalroq Spot Oʻzbekistonga qiymati qariyb $22 mln.ga teng elektromobillar olib kelingani haqida yozgan edi.