Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.
2022-yil 25-may holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000 — 73 000 soʻm;
- qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 — 86000 soʻm;
- kartoshka (1 kg) — 3000 — 8000 soʻm;
- piyoz (1 kg) — 2000 — 6000 soʻm;
- sabzi (1 kg) — 2000 — 7000 soʻm;
- tuxum (10 dona) — 6500 — 15 000 soʻm;
- guruch (1 kg) — 5000 — 21 000 soʻm;
- oʻsimlik yogʻi (1 l) — 15 400 — 28 000 soʻm;
- shakar (1 kg) — 9000 — 14 000 soʻm.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Avvalroq Spot Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshganligi haqida yozgan edi.