Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 15 ta davlatdan qiymati $17,4 mln.ga teng boʻlgan 18,1 ming tonna parranda goʻshti import qilingan.
Raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp parranda goʻshtini import qilgan davlatlar orasida Polsha yetakchilik qilmoqda:
- Polsha — 5 ming tonna;
- Turkiya — 3,2 ming tonna;
- Rossiya — 2,7 ming tonna;
- Belgiya — 2,2 ming tonna;
- AQSh — 1,5 ming tonna;
- Niderlandiya — 816 tonna;
- Litva — 607 tonna;
- Germaniya — 423 tonna.
Avvalroq Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida sotilayotgan 6,8 tonna goʻsht mahsulotlari yaroqsiz ekani aniqlangan edi.