2022-yil may oyi bo’yicha O’zbekiston banklaridagi eng daromadli omonatlar

Mamlakatda mavjud 33 ta bankdan 28 tasi 3 oydan 3 yilgacha muddatga depozitlarni taklif etadi. Masofadan turib rasmiylashtirish O’zbekistondagi 25 ta bankda mavjud. Online depozit ochish oddiy omonat hisobiga qaraganda 1−3% yuqori foizda bo’lganligi uchun ommalashib bormoqda.


Barchaga qiziq mavzu: Kredit tarixi, kredit skoring va pensionerlar uchun kredit olish shartlari haqida

Spot.uz rasmiy xabarlarga asoslangan holda kredit tarixi, skoring va boshqa mavzularda qisqa savol — javob ko’rinishida maqola tayyorladi.


Yandex Go Qoʻqonda ham ishga tushirildi

Kompaniya oʻz texnologiyalari — xaritalar, marshrutizatsiya, navigatsiya, buyurtmalarni taqsimlash aqlli tizimidan foydalanadi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Xitoy hukumati Oʻzbekistonga 37,5 mln dollar miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatadi. Mablag’lar ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yo’naltiriladi.
  2. “Fuqaroning raqamli mobil pasporti” loyihasi joriy qilinadi. Ayrim turdagi maʼlumot va hujjatlarni elektron koʻrinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” mobil ilovasi yaratilishi mumkin. Bu “Fuqaroning raqamli mobil pasporti"ga aylanadi.
  3. Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish tartibi eʼlon qilindi. Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish xizmatidan koʻchmas mulk egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
  4. Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Loyiha investori Fransiyaning Total Eren kompaniyasi boʻlib, u $100 mln sarmoya kiritgan.
  5. Oʻzbekistonda 1-iyundan nimalar oʻzgaradi. Spot 2022-yil 1- iyundan biznes va iqtisodiyotga aloqador turli sohalarda kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
  6. Oʻzbekistonda keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemalari maʼlum qilindi. Qandaydir merosni vaʼda qilish, telegram kanallari orqali odam qoʻshishga chaqirish, sovrinli yutuq va boshqalar
  7. Accor guruhining Oʻzbekistondagi birinchi mehmonxonasi yozda ochiladi. Bu Lumiere Hotel & SPA Tashkentni taʼmirlash natijasida ochiladigan Mercure mehmonxonasi boʻladi.
  8. Davaktiv Hamid Olimjon maydonidagi binolarni auksion savdosiga qoʻydi. Ikki qavatli savdo va ofis binosining bir qismi uchun 24,5 mlrd boshlangʻich narx belgilangan .
  9. Prezident yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 110 mingta yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha topshiriq berdi
    Viloyat hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
  10. Sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqarilishi belgilandi. Hozirda auksionga hokimlik tomonidan qoʻyiladi.
  11. Oʻzbekistonga qiymati qariyb 22 mln dollarga teng elektromobillar olib kelindi. “Elektrokar"lar Oʻzbekistonga asosan Xitoydan olib kelingan.