UZCARD aholining muhtoj qatlamlariga bir martalik yordam toʻlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni eʼlon qilinishi fonida firibgarlik sxemalari kuchayganidan ogohlantirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Firibgarlar pulni oʻz kartalariga olish uchun turli xil havolalar yuboradi yoki tasdiqlovchi SMS kodini taqdim etishni taklif qilishadi.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, rezolyutsiya bir martalik yordamni nazarda tutadi. Toʻlovlar, fuqarolar tomonidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilmasdan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
UZCARD foydalanuvchilarni hushyor boʻlishga va faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishga chaqirdi.
Avvalroq Spot HUMO bilan birgalikda moliyaviy firibgarlikning beshta keng tarqalgan turi va undan oʻzingizni qanday himoya qilish haqida gapirgan edi.