Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Anjumanda Prezident aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash choralari yanada kengaytirilishini taʼkidladi.
2023-yil 1-yanvarga qadar:
- 22 ta turdagi isteʼmol va oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, baliq, sut mahsulotlari, meva, oʻsimlik yogʻi) bojxona bojlaridan ozod etiladi;
- oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qoʻllash toʻxtatib turiladi;
- davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish boʻyicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga toʻsqinlik qilish holatlari boʻyicha vakolatlari kuchaytiriladi.
Viloyat hokimlariga oʻz hududida yetishmaydigan mahsulotlarni import qiluvchi tadbirkorlarga kredit berish, logistika va import qilish bilan bogʻliq barcha jarayonlarda amaliy yordam koʻrsatish topshirildi.