Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, nizomda quyidagi tushunchalar nazarda tutilgan: avans to‘lovi, zakalat, davlat buyurtmachisi, davlat xaridlarining reja-jadvali, davlat xaridlarining elektron tizimi va boshqalar.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- davlat xaridlarini elektron shaklda o‘tkazishning umumiy qoidalari va shartlari;
- xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari hamda davlat xaridlarini o‘tkazish mezonlari va tartiblari;
- boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddatlari;
- eng yaxshi takliflarni tanlash va tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ishtirokchilarning asosiy benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi to‘g‘risidagi talab;
- hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi;
- davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarning yagona reyestrini yuritish qoidalari.
Avvalroq Spot joriy yilning yanvar-mart oylarida davlat xaridlari portalidagi xaridlarning umumiy qiymati 467,1 mlrd soʻmni tashkil etgani, auksionda eng koʻp kompyuter, elektron va optik uskunalar sotilayotgani haqida yozgan edi.