Prezident qarori bilan Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi. Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat OTM hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
Xorijiy tillar sohasi boʻyicha oliy ma’lumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sanaladi.
Institutda tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati quyidagi havola orqali.
Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi.
Institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga 2023/2024 oʻquv yilidan kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi.
2024/2025 oʻquv yilidan Institutning mutaxassislik fanlar (xorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilari Б2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishi kerak.