Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotiga koʻra, margarin va oʻsimlik yogʻi, goʻsht, kartoshka va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulushi ortgan.
Import geografiyasi, mahsulot turlari ulushi va hajmi ham nisbatan oʻzgargan boʻlib, asosiy mahsulot import qilib olingan davlatlar ichida birinchi oʻringa Qozogʻiston ($309,7 mln), ikkinchi oʻringa Rossiya ($205,2 mln) va uchinchi oʻringa Braziliya ($97,5 mln) chiqqan.
Mamlakat importi ortishiga quyidagi omillar taʼsir koʻrsatgan:
- birinchi omil — Rossiya va Belarusga nisbatan AQSh, Yevroittifoq va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qoʻllanilgan iqtisodiy sanksiyalar oqibatida jahon oziq-ovqat bozorida narxlar va logistika tariflari yuqori surʼatlarda oʻsgani;
- ikkinchi omil — Oʻzbekiston tomonidan bir qator qoʻshni davlatlarga bugʻdoy, un va oʻsimlik yogʻi mahsulotlarini eksport va reeksport qilish hajmining oʻsishi. Un eksporti bugʻdoy va bugʻdoy uni importiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari importi umumiy hajmi oʻsishiga oʻrtacha import narxlari qimmatlashuvi qariyb 55−60% darajasida taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, import qilingan mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi oʻsishi 40−45% taʼsir koʻrsatgan.