Majburiy ijro byurosi Sergeli tumanida joylashgan binodagi xonalarni auksion savdosiga qoʻydi. Bu elektron auksion maʼlumotlari orqali maʼlum qildi.

5 qavatli bino Sergeli janubiy sanoat zonasida joylashgan. Tavsifdan kelib chiqadigan boʻlsak, gap sobiq “Elektromash” zavodining maʼmuriy binosi haqida ketmoqda. Hozir unda “Sergeli” kichik sanoat zonasi idorasi joylashgan.


Binoning 4 va 5-qavatlari sotuvga qoʻyilgan. Taklif etilayotgan binolarning umumiy maydoni 2740 kv.m. Elektr bor, lekin suv va gaz tarmoqqa ulanmagan.


Lot 2013-yil sentyabr oyida fuqarolik sudining hal qiluv qarori bilan sotuvga qoʻyilgan (3742/2-sonli ijro hujjati).

Lotning boshlangʻich bahosi — 1,19 mlrd soʻm. Auksion 9-iyun kuni soat 10:00da boshlanadi, arizalar shu sana kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, kim oshdi savdosi narxlari pasaytirilgan holda oʻtkaziladi. Lot 2019-yil mart oyidan beri 73-marta auksion savdosiga qoʻyilmoqda.

Avvalroq MIB Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoni auksion savdosiga qoʻygan edi.