Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda — 430,3 mln dollar.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda 284 mln dollar va 128 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari olib kelingan Rossiya hamda Braziliya egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Belarus — 49,3 mln;
- Pokiston — 39,4 mln;
- Ekvador — 21,5 mln;
- Turkiya — 21 mln;
- Xitoy — 18,1 mln;
- Eron — 17 mln;
- Ukraina — 11,8 mln AQSh dollari.
Avvalroq Spot 22 ta turdagi isteʼmol va oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etilgani haqida yozgan edi.