Ilon Mask odamsimon robot prototipini eʼlon qildi. Rejaga koʻra, robotlar ishlab chiqarilishi 2023-yilda boshlanishi kerak, biroq kompaniya ishlanmalarning borishi haqida hisobot bermagan.

Tesla oʻzining sunʼiy intellekt kunini 2022-yilning avgustidan 30-sentyabriga koʻchirdi, chunki kompaniya oʻsha vaqtga kelib Optimus odamsimon robot prototipiga ega boʻlishi mumkin. Bu haqda Ilon Mask Twitterʼda yozdi.


Mask birinchi marta 2021-yil avgust oyida, birinchi Tesla sunʼiy intellekt kunida odamsimon robot ishlab chiqarilishini eʼlon qildi. Robotning boʻyi taxminan 173 sm, vazni — 57 kg boʻladi, u 8 km/soat tezlikda yuradi va 20 kg gacha narsalarni koʻtara oladi.

2022-yil aprel oyida tadbirkor 2023-yilda odamsimon robotlarning birinchi versiyasini ishlab chiqarishni boshlash rejasini eʼlon qilgan edi. Shuningde, Mask kadrlar yetishmasligi sababli Tesla zavodlarida odamsimon robotlardan foydalanishni taklif qilgan. Uning fikricha, Optimus robot biznesi Tesla uchun “avtomobil biznesidan koʻra muhimroq boʻlishi mumkin”.