Oʻzbekistonning “Osmon Aero” turoperatori va Malaysia Airlines aviakompaniyasi oʻrtasida kelishuv imzolandi, unga koʻra aviakompaniya iyul oyidan Kuala-Lumpur-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha charter reyslarini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Daily Express xabar bermoqda.
Sayyohlik kompaniyasi vakillari Sabah shtatiga tashrif buyurdi, shuningdek, Datuk shtati turizm, madaniyat va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri yordamchisi Joniston Bangkuay bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Osmon Aero” kompaniyasi vakillari Toshkent va Kota Kinabalu shaharlarini bogʻlovchi charter reyslarini ochishga qiziqish bildirishdi.
Parvozlar kelasi yildan boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlar orasida “karta-turlar"ga talab boʻyicha yetakchiga aylangani haqida yozgan edi.