“Ijtimoiy ish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi 8 bob, 38 moddadan iborat. Unda:
- asosiy tushunchalar — deinstitutsializatsiya, ijtimoiy ish, ijtimoiy xodim, ijtimoiy xizmat yordamchi xodimlari, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ijtimoiy xodim axloq kodeksi, ijtimoiy ish amaliyoti standarti, paraprofessional ijtimoiy xodimlar, hodisani boshqarish;
- davlat siyosati asosiy yoʻnalishlari va prinsiplari;
- ijtimoiy ish sohadagi tegishli organlarning vakolatlari;
- ijtimoiy xodim faoliyati — ijtimoiy xodim vazifalari, bolalar farovonligi va himoyasini taʼminlash borasidagi ijtimoiy ish, taʼlim muassasalari tizimida (maktabgacha, maktab, kasb-hunar) ijtimoiy ish, sogʻliqni saqlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish, huquqni muhofaza qilish sohalardagi ijtimoiy ish, nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ijtimoiy ish, mahalliy hamjamiyatdagi ijtimoiy ish, internat muassasalarida ijtimoiy ish, aholi turli toifalari bilan ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmatlar oluvchilar huquq va majburiyatlari, ijtimoiy ish shakllari, turlari va boshqalar keltirilgan.
Qonun loyihasida vazirliklar va idoralar majburiyatlarini, ijtimoiy xizmatlar xodimlariga qoʻyiladigan talablarni belgilash meʼyorlari nazarda tutilgan.
Bildirilishicha, “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni rivojlantirishda muhim bosqich boʻladi, ijtimoiy ish turlarini kengaytirishga, shaxs/oilani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga koʻmak beradi.
Qonun nafaqat ijtimoiy ishlarni bajarish jarayonini tartibga solish, balki uning himoyaga muhtoj (ehtiyojmand) shaxslar/oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatiga taʼsirini tizimli tahlil qilish va shaxslar/oilalar ogʻir turmush sharoitidan chiqib ketishi boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.