Oʻzbekistonda besh oyda 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
- Buxoro viloyati Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
- Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 megavatt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasi;
- Xorazm viloyati Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;
- Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 230 megavatt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;
- Toshkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 megavatt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi;
- Samarqand viloyati Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi.
Qayd etilishicha, qurilmalar energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 mlrd 353 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Stansiyalar qurilishi davomida 3 260 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlsa, ular ishga tushishi natijasida 445 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyati Xovos tumanida quvvati 220 megavatt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) ishga tushiriladi.