Prezident “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020−2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va qishloq hududlarini rivojlantirish yoʻnalishlarida 2022-yil yakuniga qadar Jahon banki “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi mablagʻlar hisobidan Andijon viloyati tanlab olingan Oltinkoʻl, Namangan viloyati Chust va Fargʻona viloyati Rishton tumanlarida innovatsion usullarni qoʻllagan holda intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha maxsus (pilot) loyihalar amalga oshiriladi.
Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazi tashkil etiladi, Turkiya serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik koʻchatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish choralari koʻriladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2022-yil yakuniga qadar:
- xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini koʻradi;
- Samarqand viloyatida Oʻzbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Mavzuga doir: Prezident “Reklama toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi. Asosiy tushunchalar.