Respublika Markaziy banki tomonidan 2022-yilning fevral oyida o’zbek so’mining ramzini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qilingan edi. Grafik ishlar va konsepsiyalar 31- maygacha qabul qilingan. Bir nech kun oldin tanlov natijalari e’lon qilindi. Unga ko’ra, Sarvar Jumangeldiyev g’olib deb topildi.

Hay’at tomonidan Oʻzbekiston milliy valyutasi — g’olib chiqqan loyiha “soʻm"ning oʻziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi.

Kelib tushgan arizalar soni 17 mingdan ortiqni tashkil etadi. Tanlovning tashkiliy qo’mitasi barcha mezonlarga mos keluvchi 508 ta loyihani tanlab olgan. Ularning har biriga maxfiylikni ta’minlash maqsadida individual shifr raqamlari berildi.

Shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov mezonlariga muvofiqligi boʻyicha tekshirildi. Natijada 54 ta shifrlangan ijodiy loyihalar tanlov hakamlar hay’atiga koʻrib chiqish uchun taqdim etildi.

Tanlovning yakuniy bosqichida shifrlangan loyihalar Markaziy bank, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan baholandi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov ishlarini oʻziga xoslik (unikal) va originallik, universallik, ️oson tanib olinishi,️ ramziy va farqli jihatlari, ️soʻm ramzining turli formatlarda grafik qoʻllanilishining qulayligi kabi mezonlarga muvofiq baholandi.

Internet foydalanuvchilari tanlab olingan milliy valyuta ramzi chet el kompaniyasiga o’xshash ekanligiga e’tibor qaratdilar.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan norozilik yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qildi va unda Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan tovar belgilarigina boshqarma himoyasiga kirishi taʼkidlandi. Fransuz kompaniyasining logotipi mamlakatda ro’yxatdan o’tmagan va himoyalanmagan. Bundan tashqari, boshqarmaga fransuz kompaniyasidan hech qanday ariza kelib tushmagani aytildi.

Spot bu borada mutaxassislarning fikrini bilishga qaror qildi.


Аzamat Shamuzafarov,

UX bo’yicha mutaxassis автор Telegram-канала @azamating telegram kanali muallifi.

Mening shaxsiy fikrim bo’yicha tanlangan belgi to’g’ri kelmaydi. Qo’lda yozish uchun noqulay. Masalan £ yoki ₴ belgisi bilan solishtirib ko’ring.

Belgida S va U harflarini tanib olish va talaffuz qilish qiyin. Fikrimcha, tanlovga yuzaki baho berilgan. Boshqa jo’natilgan variantlarni ko’rishni xohlagan bo’lardim.

Belgi konsepsiyani aks ettirmaydi. Asosiy xato uning ifoda etuvchi asosi yo’qligi va o’qish uchun qiyinligida. Nima uchun aynan bu belgi tanlanganligini tushuntirib o’tish ham ortiqcha ovoragarchilikni keltirib chiqaradi.

US — United States emas, Uzbek soum ekanligini aytib o’tishni unutmaslik kerak. Shunday qilib tanlangan shakl, milliy valyutaga bog’liq bo’lmagan ko’plab xato birikmalarni hosil qiladi.

Dizayner ikkita harfdan iborat logotip yasash kerak bo’lganda paydo bo’ladigan birinchi fikr ularni qandaydir tarzda ijodiy tarzda yopishtirishdir. Bu monogramma deb ataladi, lekin siz buni qanday qilishni bilishingiz kerak.

Shu bilan birga, men ramzni plagiat deb hisoblamayman, chunki bu shunchaki zaif ish.


Аlisher Jumaniyozov,

@fridaymark telegram kanali muallifi

Nazarimda, mamlakatimizda bunday musobaqani mohirona tashkil eta oladigan mutaxassislar allaqachon mavjud. Masalan, siz brending agentliklarini to’plashingiz, marketing assotsiatsiyasini jalb qilishingiz mumkin. Bunda savollar o’z- o’zidan kamayadi. Chunki yakuniy maqsad natijadir.

Shahar brendini tanlash bo‘yicha tanlov tashkil etish tajribasi mavjud bo‘lib, unda Ma’no brendingi g‘olib chiqqan. Men mutaxassis bo’lmasligim mumkin, lekin aftidan, hamma narsa malakali va madaniyatli qilingan va natija shunga mos keladi.

Aynan shu agentlik xalqaro ekspertlar va ajoyib tadqiqotlarni jalb qilgan holda yig’indi belgisini yaratish bo’yicha haqiqatan ham munosib ish qila olgan.

Ammo, oxir — oqibat “soʻmning oʻziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ ishlab chiqilgan grafik belgi tanlab olindi”.

Umuman olganda, so’m ramzini yaratish — o’ta muhim vazifa emas edi, buni yaratishga yetarlicha asos bo’lgan deb o’ylaymayman. Lekin so’m belgisi bu Markaziy bankning xohlagan paytda o’zgartira oladigan logotipi emas. Bu qariyb davlat gerbi va bayrog’iga teng deya hisoblayman. Chunki undan butun dunyo foydalanadi.

Agar yaratish kerak bo’lsa, unda yaxshi va puxta o’ylangan bolda qilish kerak. nHozir esa biroz mas’uliyatsizlik va e’tiborsizlikka yo’l qo’yilgan deb o’ylayman. Ehtimol, Markaziy bankning fikriga ko’ra, bu unchalik muhim emasdir. Ular sohaning eng zo’r mutaxassislarini jalb etishmagan va o’sha darajada qilingan ishni ijobiy baholashgan.


Erken Kagarov,

Студии Артемия Лебедева” da Art- direktor.

So’m belgisining qabul etilishi menda noaniq taassurot hosil etdi. Bir tomondan, belgi original va noodatiy, ammo oddiy ham ajralib turmaydi. Boshqa tomondan, unda milliy valyutani tasvirlovchi shtrixlar yoki elementlar mavjud emas. Bu esa ramzni tahmiman tushunishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, yozishda aniqlikni talab etadi, aks holda, tushunarsiz belgilar yig’indisiga aylanib qolishi turgan gap.

Belgining kamchiliklari uning semantik murakkabligi — ramzdagi ikkita lotin harflarini tanib olish unchalik oson emas U va S (men o’zim uni to’g’ri tushunganimga ishonchim komil emas, ehtimol u yerda L va S harflari bog’langan). Bunday grafikalar tijorat kompaniyasi uchun juda maqbuldir, ammo ommaviy ramz uchun o’qishning aniqligi ma’qul.

Achinarlisi, belgini tanlashda shrift yaratish sohasida yetarlicha mutaxassislar ishtirok etmagan (ehtimol, hech kim ishtirok etmagan), chunki aynan ular uni turli shriftlarga kiritishlari kerak va bu belgi qanday ko’rinishini tushunishda muhim hisoblanadi.

Bir vaqtlar Rossiyaning dizayn va reklama hamjamiyati rubl ramzini o’zi tanlagan va undan foydalanishni boshlagan. Markaziy bank esa buning uchun bir necha yil kutishga to‘g‘ri kelsa ham, bu tanlovga shunchaki rozi bo‘lgan.

Davlat kommunikatsiya elementlarini yaratish jiddiy va mas’uliyatli vazifa bo’lib, mutaxassislarning ekspert darajasini talab qiladi. Har holda, tanlovda qulayroq, aniqroq, intuitiv kuchli loyihalar bor edi. Bu belgini tanlash menimcha, eng yaxshi yechim emas.


Кirill Altman,

Alter Ego loyihasi boshlovchisi, jurnalist.

So’mning yangi belgisi — bu tizim mahsulotidir. Ish tizimi dizayn bilan doim bitta nuqtada kesishadi: Buyurtma beruvchi — buyurtma — bajaruvchi.

Davlat tashkilotlarida bu uchta nuqta juda band:

  • buyurtmachi bunday vazifalarni bajara olmaydi;
  • Buyurtmada TZ (texnik topshiriq) mavjud emas. Yuzlab sahifalarda ichi ortiqcha ma’lumotga to’la hujjat mavjud. Bu esa TZ emas;
  • bajaruvchi qismida, “xalq orasidan tanlab olamiz” — sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng katta xatodir. Xalq orasidagi kreativ o’ylovchilar aqlli emas va omma ichidan tanlab olingan hech qaysi bir g’oya yaxshi natioja bergan emas.

Ishga bo’lgan yondashuv o’zgarmas ekan, boshqa o’zgarishlarni kutish noo’rin.