16-iyun kuni soat 17:00 da “Startup Advice” doirasida seminar bo’lib o’tadi, unda ma’ruzachi Otabek Suvonov startapni qanday tez ishga tushirish haqida aytib beradi.

Otabek Suvonov — Sales Doctor kompaniyasida cofounder & CEO. Iconnecto.uz, megaskidka.uz, icity.uz, factor.uz kabi loyihalar ustida ishlagan. Ilk loyiha 2010-yilda ishga tushurilgan.

Tadbir Astrum IT-Akademiyasida bo’lib o’tadi.

Sizning qulayligingiz uchun Toshkentdan akademiyaga, shuningdek, orqaga qaytuvchi avtobuslar tashkil etilgan. Avtobusning jo’nash va kelish joyi: “O'zbekiston” mehmonxonasining avtoturargohi.

Jadval:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish — 16:00.
  • Akademiyaga yetib kelish — 16:40.
  • Astrum bo’ylab sayohat — 16:40
  • Seminar — 17:00
  • Akademiyadan jo‘nab ketish — 19:30.

Batafsil ma’lumot uchun qo’ng’iroq qiling: (71) 202−42−22. Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun.