Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2022 yil 1−10 iyun kunlari Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasida shakar savdosi tahlili boʻyicha maʼlumot taqdim etdi.
Unga koʻra, joriy yil 1-iyun kungi tovar-xomashyo birja savdolariga qoʻyilgan bir tonna shakar narxi 12 500,1 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 10-iyun kungi birja savdolarida shakar narxi 14 554,5 ming soʻmga yetdi va oy boshiga nisbatan 16,4% (2 054,4 ming soʻm)ga oshgan. Ushbu davr mobaynida shakar oʻrtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 13 108,4 ming soʻmdan iborat boʻlgan.
1−10-iyun kungi birja savdolariga jami 19 646,0 tonna shakar qoʻyilgan boʻlib, bir kunlik savdolarga oʻrtacha 2 455,8 tonnadan toʻgʻri keldi. Oy boshida 3 000 tonna shakar birja savdolarida sotilgan boʻlsa, 10-iyun kungi savdolarda 2 002 tonna yoki 33,3 foiz (998 tonna) kam shakar realizatsiya qilingan.
2022-yil iyun oyi dastlabki oʻn kunligida respublika tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakar minimal bahosi bir tonna mahsulot uchun 11 984,7 ming soʻmni, maksimal narxi 14 554,5 ming soʻmni tashkil etdi, oʻrtacha narx esa 13 108,4 ming soʻmdan toʻgʻri keldi.
Birja savdolarida taklif etilgan shakar eng kam hajmi 7−8-iyun kunlari (2000 tonnadan) kuzatilgan. Eng koʻp hajmi (3072 tonna) esa 3-iyun kungi savdolarga toʻgʻri kelgan. Ushbu davr oraligʻida bir kunlik savdolarda oʻrtacha 2 456 tonnadan shakar sotilgan.
Avvalroq Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi shakar tanqisligi mavjud emasligi va ichki bozorni yil yakuniga qadar toʻyintirish boʻyicha barcha zaxiralar yaratilgani haqida bayonot bergan edi.