Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga oʻqitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Unda 330 ta kasb-hunar maktabi, 173 ta kollej va 207 ta texnikumdan iborat tizim samarali ishlatilmayotgani qayd etildi. Ular mavjud quvvatlarining atigi 40−50%idan foydalanmoqda.

Energetika, Suv xoʻjaligi, Uy-joy kommunal vazirliklariga berilgan kollejlar 20%, Qurilish, Transport vazirliklari kollejlari 10% quvvatda ishlayapti.

Joriy yilda kollej va texnikumlarning 15 mingga yaqin oʻquvchilari kontrakt pulini toʻlash imkoniyati yoʻqligi bois, oʻqishni davom ettira olmagan.

Eng muhimi — kollej va texnikumlardagi kasblar ish beruvchilar talabiga mos emas. Oqibatda ular ishga olgan yoshlarni qaytadan oʻqitishga majbur boʻlmoqda.

Oʻquv dasturlari zamon talablaridan ancha orqada, 1 ming 350 nomdagi kasbiy darslik va adabiyotlar yetishmaydi.

Bu muammolar yechimi bilan shugʻullanadigan mutasaddi vazirliklar tizimli ishlamayotgani tanqid qilindi.

Shu bois kasb-hunar taʼlimini zamon talablariga moslashtirish boʻyicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Endilikda:

  • dual taʼlimni joriy etish uchun kasb-hunar maktablarining boʻsh maydonlarida korxonalarning ishlab chiqarish tsexlari tashkil etiladi. Bunda, oʻquvchilar ushbu korxonada ishlab, oylik oladi;
  • korxonadagi ustozlarga asosiy ish haqidan tashqari, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan qoʻshimcha ustama toʻlanadi.