Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan maʼmuriy bino auksion savdosiga qoʻyildi.
Muassasa Kichik halqa yoʻli yaqinida, Toshkent aeroporti va Yakkasaroy tuman IIB yaqinida joylashgan. U 2021−2022-yillarda 0,2 gektar maydonda qurilgan.
Olti qavatli bino umumiy maydoni 3623 kv metr boʻlgan 80 ta xonani oʻz ichiga oladi. Binolarning foydali maydoni — 3200 kv metrni tashkil etadi. Suv, elektr tarmoqqa bor, biroq gaz tarmoqqa ulanmagan.
Binoning boshlangʻich bahosi — 25,6 mlrd soʻm. Auksion savdolari 18-iyul kuni soat 10:00da boshlanadi, arizalar shu sanada soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Auksion savdosi gʻolibi 5,6 mlrd soʻmni darhol toʻlashi, qolgan summani esa 10 oy ichida boʻlib-boʻlib toʻlashi kerak.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Spot Markaziy univermag yaqinida 6 qavatli qurilishi tugallanmagan bino auksionga qoʻyilgani haqida yozgan edi.