Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, Oʻzbekistonga 5 oyda 1,1 mln dona telefon import qilingan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga qurilmalarning qiymati $80 mln ga teng boʻlgan.
Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 216 311 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan. Eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 846 504 dona;
- Vyetnam — 128 407 dona;
- Hindiston — 73 371 dona;
- BAA — 47 112 dona;
- Qozogʻiston — 4030 dona;
- Koreya — 1 586 dona.
Oylar kesimida telefon importi:
- yanvar — 129 766 dona;
- fevral — 284 461 dona;
- mart — 286 056 dona;
- aprel — 276 362 dona;
- may — 124 393 dona.