Avvalroq Spot Rossiyaning Samara shahriga Toshkentdan temir yoʻl qatnovi tiklanishi haqida yozgan edi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning xabar berishicha, 2022-yil 25-iyundan boshlab 324/323-sonli “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezdining harakati boshlanadi.
324/323-sonli “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezd haftaning shanba kuni soat 23:58da “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnab ketadi va seshanba kuni soat 09:56da Rossiya Federatsiyasining “Volgograd” temir yoʻl vokzaliga yetib boradi. Volgograddan esa seshanba kuni soat 19:59da joʻnab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga juma kuni soat 06:54da yetib keladi.
Maʼlumot uchun, Toshkentdan Volgogradgacha temir yoʻl orqali boʻlgan boʻlgan masofa 2996 km ni tashkil etadi. Poyezd 60 soat davomida harakatlanadi. 324/323-sonli “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezd 11 ta vagondan iborat: 3 kupe, 7 platskart va vagon-restoran.
Chipta narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda, www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali bilib olish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, elektron chipta sotib olish arzonroq boʻladi, negaki kassa badali toʻlanmaydi, deyiladi xabarda.
Bundan avval Spot Toshkent — Dushanbe yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻl qatnovi qachondan ishga tushirilishi haqida yozgan edi.