Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, Oʻzbekistonning oʻrik eksporti 747 tonnaga yoki 36% ga oshgan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb $3 mln ga teng boʻlgan 2,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.
2022-yilning 5 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oʻrik eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda — 1,5 ming tonna.
Shuningdek, Qozogʻistonga 860 tonna, Qirgʻizistonga esa 429 tonna oʻrik olib borilgan.
2022-yilning 5 oyida xorijga eng koʻp oʻrik eksport qilgan hududlar quyidagicha:
- Fargʻona viloyati — 1,2 ming tonna;
- Xorazm viloyati — 311 tonna;
- Toshkent viloyati — 236 tonna.
Avvalroq Spot uzumchilik uchun subsidiya berilishi haqida yozgan edi.