Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati $13,8 mln ga teng boʻlgan 25 382 ta konditsioner eksport qilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2750 taga oshgan.
Oʻzbekiston konditsioner eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Ozarbayjon — 13 064 ta
- Tojikiston — 2940 ta
- Qozogʻiston — 2262 ta
- Turkmaniston — 2119 ta
- Rossiya — 2015 ta
- Qirgʻiz R. — 1675 ta
- Turkiya — 492 ta
- Moldova — 459 ta
- Armaniston — 350 ta
Avvalroq Spot Oʻzbekistonning oʻrik eksporti qariyb 40% ga oshganligi haqida yozgan edi.