Oʻzbekistonda 25 mln nafardan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. Oʻtkazilgan tahlil natijalari bugungi kunda mamlakatda kiberjinoyatchilikning oʻsish tendensiyasi kuzatilayotganidan dalolat bermoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimlarining maʼlum qilishicha, soʻnggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir boʻlayotgani kuzatilmoqda.

Ular quyidagicha:

  • firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni toʻlovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablagʻlarni oʻzlashtirishi;
  • shaxsiy maʼlumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qoʻrqitib tovlamachilik qilishi (kibertovlamachilik);
  • ijtimoiy tarmoqda zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitishi, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” fuqarolarni firibgarlik holati haqida ogohlantirgan edi.