“Oʻztoʻqimachiliksanoat” aksiyadorlik jamiyati “Ijtimoiy va mehnatni yaqinlashtirish dasturi” xalqaro tashabbusiga qoʻshildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati yozmoqda.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” aksiyadorlik jamiyati uchun dasturga aʼzolik 17 iyun kuni eʼlon qilindi. SLCPga qoʻshilish gʻoyasi Inditex vakillari tomonidan rahbariyat bilan uchrashuv chogʻida taklif qilingan, unda Oʻzbekistonda Zara va boshqa brendlar uchun tikuvchilikni tashkil etish muhokama qilingan.
SLCP global taʼminot zanjirlarida ish sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, bu kompaniya potentsial hamkorlarga taqdim etishi mumkin. Tashabbus yaratuvchilari brendlarni mustaqil tekshiruv oʻtkazish zaruratidan xalos etishni maqsad qilgan.
Shu maqsadda SCLP ijtimoiy va mehnat sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish tizimini ishlab chiqdi. Audit xarajatlarini kamaytirishdan tashqari, metodologiya mualliflari ushbu sohalardagi sharoitlarni yaxshilash rejalarini shakllantirish va amalga oshirish uchun koʻproq imkoniyatlarni vaʼda qilmoqdalar.
Notijorat tashkilot oʻrganish chuqurligi boʻyicha farq qiluvchi uchta baholash variantini taqdim etadi — “asosiy”, “progressiv” va “ilgʻor”. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uni eng chuqur bosqichdan oʻtkazdi.
Hozirda SCLP 56 ta kompaniya va uyushmalarni birlashtirgan. Ular orasida Adidas, H&M, New Balance, Puma, Inditex kabi moda bozorining taniqli oʻyinchilari bor.
Mart oyida Cotton Campaign oʻn yildan ortiq davom etgan oʻzbek paxtasiga nisbatan boykotini bekor qildi. Mutaxassislarning qayd etishicha, bu qadam 300 dan ortiq xalqaro brendlar uchun toʻqimachilik mahsulotlarini xarid qilishga qaytish imkoniyatini ochadi.
Oxirgi oylarda bir qancha muhim oʻyinchilar oʻzbek tekstiliga qiziqish bildirishdi. Xususan, Ispaniyaning eng yirik riteyleri El Corte Ingles, shuningdek, yuqorida tilga olingan Inditex qayd etildi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston BCI paxta yetishtiruvchi 25 davlatga qoʻshilishi haqida xabar bergan edi (va bu nimani anglatadi).