“Fratelli Casa” va “Uzbtextile” hamta’sischisi Shohruh Qayumov tavsiya etadigan 5 ta kitob

“Fratelli Casa” brendi hamda “Uzbextile” tekstil platformasi hamta’sischisi Shohruh Qayumov biznesdagi strategiyani aniqlashda yordam beruvchi, ruhlantiruvchi va ilhomlantiruvchi kitoblar to’plami bilan bo’lishdi.


Choynakning qopqog’i: o’zgacha nom, detailing biznesi, avtoblog, elektromobillar bozori va universal tajribaning muhimligi haqida

O’zbekistondagi birinchi avtoblog muallifi hamda “VIP” detailing markazi hamta’sischisi Sherzod Jalolov Spot’ga biznesning o’ziga xosligi, marketing, mijozlar bilan ishlash hamda muvaffaqiyatga erishishda shaxsiy brendning o’rni haqida so’zlab berdi.


2022-yil iyun oyi bo’yicha eng daromadli xorijiy valyutadagi omonatlar

Hozirda O’zbekistonda mavjud 33 ta bankdan 24 tasi xorijiy valyutada omonat ochish imkonini beradi. Masofaviy tarzda 13 ta bankda omonat ochish mumkin. Maksimal stavka 6% ni tashkil etadi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Bir vaqtlar mobil internetda inqilob qilgan kompaniya uning eng katta toʻsigʻiga aylangani achinarli — Pavel Durov Apple ustidan tekshiruv boshlanganini maʼlum qildi. Pavel Durov Telegram Web-ning Apple bilan boʻlayotgan muammolari haqida soʻzladi.
  2. Birja savdolarida shakar narxi oy boshiga nisbatan 16,4% ga oshgan
    Oy boshida 3 000 tonna shakar birja savdolarida sotilgan boʻlsa, 10-iyun kungi savdolarda 2 002 tonna yoki 33,3 foiz (998 tonna) kam shakar realizatsiya qilingan.
  3. Yengil avtomobil importi 2 baravar oshgan. Eng katta hissa Xitoyga to’g’ri kelmoqda. Yanvar-may oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati $320,5 mlnga teng boʻlgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan.
  4. DSQ ish beruvchilardan hisobotida xodimlarning shaxsiy identifikatsiya raqamini toʻgʻri koʻrsatishni soʻradi. Hisobotlarda JShShIRni notoʻgʻri koʻrsatish voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa puli, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, pensiya tayinlashda, xodimlar ish stajini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
  5. Davlat korxonalari va organlari uchun ochiqlik indeksi joriy etiladi. Byudjet va xalqaro institutlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaga eʼlon qilinadi.
  6. Apple yana dunyoning eng qimmat brendiga aylandi. Amazon 2015-yildan beri dunyodagi eng qimmat brendi maqomini hech kimga bermay kelayotgan edi.
  7. Aeroport yaqinidagi olti qavatli ofis binosi auksion savdosiga qoʻyildi. Bino joriy yilda qurib bitkazildi. Obyektning boshlangʻich bahosi 25,6 mlrd soʻm.
  8. Xorijga chiqish pasportini yagona portal va DXM orqali berish toʻliq joriy qilinadi. 2022-yil 1-avgustgacha davlat xizmati YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilishi amaliyotga toʻliq joriy qilinadi.
  9. Oʻzbekistonda soʻnggi 3 yilda kiberjinoyatlar keskin oshgan. Firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni toʻlovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablagʻlarni oʻzlashtirish kabi holatlar.
  10. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” aksiyadorlik jamiyati SLCP tashabbusiga aʼzo boʻldi. Bu nima degani. Bu tashabbusga qoʻshilishga Zara brendi egasi Ispaniyaning Inditex kompaniyasi taklif qilgan.