“Uzbekistan GTL” zavodida 18-iyun kuni sintetik neftning birinchi partiyasi ishlab chiqarildi, deb xabar berdi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Korxona rahbari Mehriddin Abdullayev ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Uning ishtirokida Fisher-Tropsh reaktorlari xomashyo namunasini ishlab chiqardi, zavod xodimlari boshqaruv delegatsiyasiga taqdim etdilar.
“Oʻzbekneftgaz” Oʻzbekistonda birinchi marta sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyilganini taʼkidladi. Uning uchun sintez gazini ishlab chiqarish 14 iyunda toʻliq yoʻlga qoʻyildi.
Laboratoriya sinovlari reaktor va neftda olingan mahsulotning oʻziga xosligini tasdiqladi. Endi sintetik neft oraliq mahsulotlarning tanklarida saqlanadi.
Yaqin kunlarda mazkur xomashyodan sintetik dizel yoqilgʻisi, reaktiv yoqilgʻisi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Abdullayev OʻzRTXB orqali, birinchi navbatda, ichki bozor uchun yoqilgʻi sotishni tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 yillik qurilish ishlaridan soʻng 2021-yil dekabr oyida Uzbekistan GTLʼni ishga tushirgan edi. Zavodda tabiiy gazdan reaktiv yoqilgʻisi, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan gaz kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Hisob-kitoblarga koʻra, GTL 307 ming tonna samolyot yoqilgʻisi, 724 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. GTL yoqilgʻisi anʼanaviy yoqilgʻiga nisbatan atmosfera chiqindilarini 40% ga kamaytiradi.
Davlat rahbari zavod negizida Shoʻrtan GKK ishtirokida gaz-kimyo klasterini tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi. Bu yerda turli xil mahsulotlar — sintetik moylar va alkilbenzoldan tortib polietilen va polipropilengacha boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.