Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi yerosti binosini auksion savdosiga qoʻydi.
Gap Hamid Olimjon maydoni yaqinida, koʻp qavatli turar-joylar majmuasining sharqiy qismi yonidagi (ansambl avval “Doʻstlik” nomi bilan atalgan) yer osti avtoturargohi haqida ketmoqda.
Yer osti majmuasining umumiy maydoni 3210 kv metr. Oqar suv va elektr bor.
Obyektning boshlangʻich bahosi — 18,47 mlrd soʻm. Auksion 21-iyul kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar shu sana soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.
Mazkur uchastka prezidentning martdagi xususiylashtirishni jadallashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq sotuvga qoʻyilgan. Bungacha Davaktiv yaqin atrofdagi binoda chakana savdo va ofis maydonini sotuvga qoʻygandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Spot Toshkent aeroporti yaqinida olti qavatli ofis binosi auksionga qoʻyilgani haqida yozgan edi.