Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga qiymati $49 mln ga teng boʻlgan 158,4 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.
Qayd etilishicha, bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston bugʻdoy unini eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Qozogʻiston — 153,4 ming tonna;
- Rossiya — 4,9 ming tonna;
- AQSh — 50 tonna;
- Italiya — 27 tonna;
- Hindiston — 2 tonna;
- Fransiya — 1,8 tonna.
Bundan oldin Oʻzbekiston bozorlarida kartoshka va piyoz narxi arzonlashgani xabar qilingandi.