25-iyundan “Rossiya” aviakompaniyasi Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reysni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda tashuvchi saytida xabar berilgan.
Poytaxtlar oʻrtasidagi reyslar haftasiga toʻrt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Parvozlar jadvali quyidagicha (har ikki aeroport uchun mahalliy vaqt):
- SU/FV 6557: Moskvadan uchish — 08:05, Toshkentga kelish — 14:10;
- SU/FV 6558: Moskvadan uchish — 15:40, Toshkentga kelish — 17:45.
Parvozlar uchun Rossiyaning SSJ 100 samolyotlaridan foydalaniladi — ular “Rossiya” aviaparkining asosiy qismini tashkil qiladi. Aeroflot guruhi tarkibiga kiruvchi kompaniya, shuningdek, Moskvadan Samarqand, Buxoro va Urganchga parvozlarni davom ettiradi — ular may oyida tashkil etilgan.
Mart oyida “Rossiya” Sochidan Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga reyslarni eʼlon qilgan, biroq keyinroq ularning aksariyati bekor qilingan edi. Hozirda beshta reysdan faqat bittasi — Fargʻonaga amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Aeroflot"dan Moskva-Toshkent qatnovi qayta tiklanishi bilan Sochi-Toshkent qatnovi toʻxtatildi. Xabar qilinganidek, Yevropa Ittifoqining Rossiya aviakompaniyalariga nisbatan sanksiyalarini yumshatish orqali uni qayta boshlashga ruxsat berildi.