“Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabariga koʻra, uchrashuvda ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Qayd etilishicha, multimodal transport yoʻlaklari boʻylab konteyner yuk tashishlarni tashkil etish, tranzit yuk tashishlarni koʻpaytirish imkoniyati, boshqa qator masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, temiryoʻl orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida oldindan maʼlumot almashish boʻyicha kelishib oldi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” maʼlumotiga koʻra, uchrashuv yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
Bundan oldin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev joriy yil 21−22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda boʻlishi xabar qilingandi.
Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Ikki mamlakat yetakchilari oʻzaro savdo hajmini oshirish, tadbirkorlar va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyot turli tarmoqlarida qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almashadi, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida faol muloqotni rivojlantirish va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.