“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-289-son, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:
- Urganch davlat pedagogika instituti;
- Namangan davlat pedagogika instituti;
- Guliston davlat pedagogika instituti;
- Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
- Andijon davlat pedagogika instituti;
- Buxoro davlat pedagogika instituti;
- Termiz davlat pedagogika instituti;
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
- Jizzax davlat pedagogika universiteti.
2022/2023 oʻquv yilidan:
- ️maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qoʻllanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pullik asosda taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
- ️pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan 2−4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida) olib boriladi.
️Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-oʻqituvchilarini xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari koʻriladi.