Davlat soliq qoʻmitasining xabar berishicha, may oyi uchun 509 781 nafar isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida — yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.
Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.
Bildirilishicha, tasdiqlangan keshbek summasini kechadan boshlab bank plastik kartalariga oʻtkazib olish mumkin.
Bundan oldin xaridorlar chekini roʻyxatdan oʻtkazib, 16,5 mln soʻm keshbek toʻplagan kassir aniqlangandi.