Prezident mutasaddi tashkilot vakillari bilan yig’ilish o’tkazmoqda. Qator masalalar muhokamasidan so’ng davlat rahbari “tonirovka” masalasiga ham to’xtalib o’tdi. Muhim qaror imzolanganligi aytib o’tildi. Unga ko’ra, 1-iyuldan boshlab:

  • avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul boʻladi;
  • old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;
  • ishlab chiqarilganiga 10-yildan koʻp boʻlmagan yengil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi.

Endi, 10-yildan 15-yilgacha boʻlgan yengil mashinalar — ikki yilda, 15-yildan ortiq boʻlganlari esa bir yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

“Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.

Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yoʻqotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish boʻyicha Ishchi guruhi barcha yoʻnalishlarda muntazam ishlayapti.

Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar boʻyicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi", dedi Prezident yigʻilish yakunida.