inDriver transport startapi Toshkentda yuk tashish xizmatini ishga tushiradi. Bu haqda kompaniya Spotʼga xabar berdi.
Xizmat oddiy sayohat buyurtmasiga oʻxshash prinsiplar asosida ishlaydi. Ilovada “Yuk” yorligʻini tanlash, yetkazib berish manzilini koʻrsatish, yukni tavsiflash va narxni kiritish kerak. Bundan tashqari, yuk koʻtaruvchilarni ham yollash mumkin.
Buyurtma eʼlon qilingandan soʻng, ijrochilarning fikr-mulohazalari kela boshlaydi, ular narx va reyting boʻyicha tanlanishi mumkin. Maʼlum vaqtga transportni bron qilish funksiyasi ham mavjud.
Transport xarajati naqd pulda toʻlanadi.
Kompaniyada taʼkidlanganidek, narx boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara qilish imkoniyati inDriver.Yuk tashishning asosiy plyusidir. Istalgan vaqtda buyurtma berish va ijrochilarni topishingiz mumkin.
Xizmat bilan allaqachon ishlayotgan haydovchilar (agar ular tegishli mashinaga ega boʻlsa) va yangi boshlanuvchilar yuk tashish bilan shugʻullanishlari mumkin. Bu borada onlayn soʻrovnomani toʻldirish, kerakli hujjatlarni yuklash va tekshiruvdan oʻtish kerak.
inDriver allaqachon bir qancha mamlakatlarda, jumladan, Qozogʻiston va yaqindan boshlab Qirgʻizistonda ishlamoqda. Kompaniya Toshkent shahrida yuk tashish xizmati xususiy mijozlar, kichik va oʻrta biznes vakillari orasida talabga ega boʻlishini kutmoqda.
Kompaniya haqida
inDriver — 2013 yilda yakutiyalik dasturchi Arsen Tomskiy tomonidan yaratilgan yoʻlovchi va yuk tashish agregatori. Xizmatning oʻziga xos xususiyati — yoʻlovchi ishtirokida sayohat narxini shakllantirish.
2016-yilda Oʻzbekistonda birinchi marta xizmatni yoʻlga qoʻyishga harakat qilingan, biroq keyinchalik bu bozorda sezilmay qolgan. 2018 yilda kompaniya yana Oʻzbekistonga kirdi. Uchinchi urinish 2021-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtdi.
Iyun oyining oʻrtalaridan boshlab inDriver Toshkentda kuryerlik xizmatini, jumladan, avto va mototsikl yetkazib berishni yoʻlga qoʻydi.