Yagona korporativ axborot portali maʼlumotlariga koʻra, “Savdogarbank” 28 yillik faoliyatidan soʻng oʻz nomini oʻzgartirishga tayyorlanmoqda.
Rebrending qarori aksiyadorlarning yillik yigʻilishida bir ovozdan maʼqullandi. Unda kvorumni taʼminlagan holda bankning 99,49% aksiyalari egalari ishtirok etdi.
“Bankning nomi „Garant Bank“ aksiyadorlik jamiyati deb oʻzgartirilsin va bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin”, — degan tashabbus shu tahrirda bildirildi.
Bank rahbariyatiga bank nomini oʻzgartirish bilan bogʻliq choralar koʻrish topshirildi. Qayd etish kerak, nizomning yangi tahriri Markaziy bankdan roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Rauf Komiljonov endi “Savdogarbank” aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi. 2021-yil noyabr oyida u 53,53% aksiyalarni sotib oldi, mart oyida esa yana 45,7% ini birja orqali 71,3 mlrd soʻmga xarid qildi.
Yaqin vaqtgacha Komiljonov “Makro” doʻkonlar tarmogʻini boshqaradigan “Darvoza savdo” MChJning 11% ulush egasi sifatida ham koʻrsatilgan edi (hozirda kompaniya toʻliq “Orient Group"ga tegishli).
Savdogarbank zarar koʻrganlar qatoriga kiradi: 2021-yilning birinchi yarmida moliyaviy yoʻqotishlar 24,2 mlrd soʻmni, uchinchi chorakda esa 10,8 mlrd soʻmni tashkil etdi (butun 2021-yil uchun hisobot hali eʼlon qilinmagan). Shu bilan birga, 2020-yilda bank 14,2 mlrd soʻm foyda olgandi.