Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi restoranni sotuvga qoʻydi, bu elektron auksion portalining maʼlumotlaridan kelib chiqmoqda.
Chinobod koʻchasidagi “Aprel Verdant” restorani 2013-yilda qurilgan. Ofis va omborga ega bino 64 sotix yer uchastkasida joylashgan.
Binoning 43 ta xonasining umumiy maydoni (yertoʻla bilan birga) 2745 kv metrni tashkil etadi. Barcha kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv va kanalizatsiya mavjud.
Lotning boshlangʻich bahosi — 20,625 mlrd soʻm. Auksion 1-avgust kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar shu sana soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Lot may oyida xoʻjalik sudining qarori (4−1001−2207/4569-sonli ijro hujjati) bilan sotuvga qoʻyilgan.
Avvalroq Spot Chorvoq yaqinidagi “Oʻzogʻirsanoatloyiha” kompaniyasiga tegishli dam olish maskani sotuvga qoʻyildi haqida yozgan edi.