Bugunga kunga kelib, Oʻzbekistonda har 1000 kishining qariyb 90 tasida yengil avtomobil mavjud. Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra aholida eng koʻp Chevrolet “Nexia” mashinasi borligi qayd etilgan.

Kundalik turmushda biz faol foydalanadigan mahalliy avtomobil rusumlarini sotib olishning bir necha usullari bor. Eng koʻp tarqalgani — ma’lum boshlangʻich badal evaziga avtokredit xizmatidan foydalanish yoki lizing orqali boʻlib toʻlash.

Ammo barcha ham bunday imkoniyatga ega emas. Shuni hisobga olgan olgan holda, ayrim banklarda boshlangʻich badalsiz avtokredit xizmati yoʻlga qoʻyilgan.

Spot ushbu banklar haqida batafsil ma’lumot toʻpladi.


Bank Saderat Tashkent

Bank oldindan to`lovsiz “AVTO” tarifi asosida kredit taqdim etadi. Shartlar quyidagicha:

  • Maksimal summa: 2000 BHM gacha.
  • Muddat: 4 yil.
  • Imtiyozli davr: Mavjud emas.
  • Kredit foizi: 26%.
  • Boshlang’ich badal: Kаmidа 0%.
  • Talab etiladigan ta’minot turi: Xarid qilinadigan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi.
  • Kredit maqsadi: Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar uchun.
  • Kredit rasmiylashtirish usuli: Bank bo’linmalari orqali.
  • Kredit oluvchining yoshi: Mavjud emas
  • Kredit oluvchining fuqaroligi: O’zbekiston Respublikasi Fuqarosi
  • Kredit layoqatligiga talablar: Oylik ish haqi minimum 8 mln so`m bo`lishi kerak.
  • Boshqa shartlar: Mijoz tomonidan 6 oy davomida Bankda mavjud bo’lgan deposit qoldig’ining 5 barobari miqdorida kredit ajratiladi.

Kerakli hujjatlar

  1. Pasport nusxa va 12 oylik ish haqida ma`lumotnoma.
  2. Kafil shaxs pasport nusxa va 12 oylik ish haqida ma`lumotnoma.

Ipak yo’li bank

Taqdim etiladigan boshlang’ich badalsiz avtokreditni olish uchun bankning istalgan filialiga murojaat etish mumkin.

  • foiz stavkasi — 26,9%;
  • kredit muddati — 60 oygacha (kredit miqdoriga qarab);
  • maksimal kredit miqdori — 450 mln so‘mgacha.

Kreditga ega bo‘lish uchun pasport, daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda avtomobil xarid qilish to‘g‘risida shartnomani taqdim etish kerak. Badal sifatida kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan likvid ta’minot qabul qilinadi.


“Poytaxt Bank” dan avtomobil kreditlari

Kredit O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va “General motors” AJ vakolatli dilerlar tarmog‘i orqali sotilgan transport vositalarini xarid qilish rezident jismoniy shaxslarga taqdim yetiladi.

  • Kredit maqsadi — Avtomobil qiymatining 70% dan kam bo‘lmagan miqdorda qarz oluvchi tomonidan pastga to‘lovni amalga oshirishning majburiy sharti bilan berilgan kredit.
  • Kredit bo‘yicha foiz stavkasi — 22%
  • Kredit muddati — 48 oy
  • Kredit valyutasi — O‘zbekiston so‘mi
  • Dastlabki to’lov — 30% umumiy miqdoridan yoki boshlang`ich to`lovsiz kvartira garovga qo`yilgan holda
  • Kredit ta’minoti — Kafil va / yoki sug‘urta polisi / ko`chmas mulk garovi (ko`p qavatli turar joylardagi xonadonlar)
  • Kredit sug‘urtasi — Sug‘urta kompaniyasi shartnomasiga ko‘ra
  • Kredit berish komissiyasi — Mavjud emas
  • Imtiyozli davr -3 oy

Maqola aynan chiqarilgan vaqtda aktual hisoblanadi. Spot ma’muriyati shartlar tez-tez o’zgarib turganligi bois kredit bo’yicha bank filiallariga murojaat qilishni maslahat beradi.