AQSh federal aloqa komissiyasi SpaceX kompaniyasiga Starlink tizimini harakatlanuvchi transport vositalariga, jumladan yuk mashinalari, kemalar va samolyotlarga oʻrnatishga ruxsat berdi. Bu haqda The Verge yozmoqda.

SpaceX bunday ruxsatni 2021-yil mart oyida soʻragan. Ilon Mask Twitterʼda kompaniya samolyotlar, kemalar, yirik yuk mashinalari va mobil uylarni bir-biriga ulashga intilayotganini taʼkidladi. Biroq Tesla avtomobillari uchun mazkur terminal kattalik qiladi, dedi u.

Bu kompaniyaga koʻproq biznes mijozlarini jalb qilish imkonini beradi.

Oʻsha yilning iyun oyida operator aviakompaniyalar bilan samolyotlarda WiFi ishga tushirish boʻyicha muzokaralarni boshladi. Buning uchun kompaniya uskunaning dizaynini yaxshilashni rejalashtirgan. 2022-yil aprel oyida Delta Air Lines Starlink-ni bortida sinovdan oʻtkazganini eʼlon qildi.

Avvalroq Spot SpaceX kompaniyasining qiymati $125 mlrd.ga koʻtarilgani haqida yozgan edi.